Totti: «Roma»ga hech qachon qaytmayman»

Butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan italiyalik afsonaviy hujumchi Franchesko Totti Rim klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Men hech qachon «Roma»ga qaytmayman. Menga doim shu savolni berishadi. Yana bir bor javob beramanki, men klubga qaytmayman», – deydi Franchesko.

“Imperator” 2017 yilda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Rim klubi tarkibida Totti atigi bir marta Italiya chempioniga aylandi. Shuningdek, Italiya kubogi va mamlakat Superkubogida ikkita g‘alaba qozongan. Franchesko Italiya terma jamoasi safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter