Bektemir Meliqo‘ziyev aprel oyida Las-Vegasda navbatdagi jangini o‘tkazadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Bektemir Meliqo‘ziyev professional faoliyatidagi 15-jangini 20 aprel kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida o‘tkazadi. Bu haqda uning menejeri Vadim Kornilov xabar berdi. O‘sha kuni Meliqo‘ziyevga kim raqiblik qilishi hozircha ma’lum emas. Shunisi aniqki, Bektemir Meliqo‘ziyev markaziy jangi Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasida kechadigan oqshom kardida ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirayotgan Meliqo‘ziyev o‘z vazn toifasida WBA Intercontinental va WBO Intercontinental kamari sohibi hisoblanadi. U so‘nggi jangini 2023 yil oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o‘tkazib, to‘rtinchi raundda texnik nokaut orqali g‘alabaga erishgan edi. Uning hisobida jami 13 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter