«Osasuna» muxlislari Vinisiusga o‘lim tilashdi

La Liganing 29-turidan o‘rin olgan «Real» bilan o‘yin (2:4) vaqtida «Osasuna» muxlislarining hayqiriqlari Ispaniya televideniyesi orqali namoyish etildi.

AS xabariga ko‘ra, Pamplona muxlislari: «Vinisius o‘lsin» deb hayqirgan. «Real Madrid» vingeri uchrashuvda ikkita gol urdi. Gol nishonlash paytida braziliyalik barmog‘ini qulog‘iga qo‘yib, «Osasuna» muxlislari o‘tirgan tribuna oldidan yugurib o‘tdi.

Ispaniya chempionatining 29-turidan keyin “Real” 72 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. «Osasuna» 36 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter