Keyn debyut mavsumda gol urish bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 26-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Darmshtadt»ga qarshi o‘yinda (5:2) o‘z hisobiga bitta gol yozdi.

Keyn Bundesligadagi debyut mavsumida urgan gollari sonini 31 taga yetkazdi va yangi rekord o‘rnatdi.

Angliyalik futbolchi Uve Zeelerga tegishli rekordni yangiladi. Ushbu futbolchi mavsum-1963/64da «Gamburg» safidagi debyut mavsumida 30 ta gol urgandi.

Bundan tashqari, 31 gol – Keyn uchun milliy chempionatning bir mavsumidagi gollar soni bo‘yicha shaxsiy rekord hisoblanadi. Avvalroq u «Tottenxem» tarkibida ikki mavsumda 30 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Manba: sports.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter