Klopp: «Hech narsaga kafolat bera olmaymiz»

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Yunayted» bilan 17 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya kubogi chorak final uchrashuvi haqida gapirdi.

«Men ularning mavsumi haqida ko‘p narsa bilmayman, lekin men ulardan yaxshi o‘yinlarni ko‘rdim. Ularda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bor edi, lekin ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Ularga qarshi o‘ynash bizga doim qiyin bo‘lgan. Bu uchrashuv har ikki jamoa muxlislari uchun katta ahamiyatga ega. Biz maydonda o‘zimizni ko‘rsatishga va yuqori tezlikdagi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz, ammo hech narsaga kafolat bera olmaymiz», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” – “Liverpul” uchrashuvi Manchesterdagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter