Osimxen “Arsenal” va “CHelsi”ni tanlov qildi

Hujumchi Viktor Osimxen yozgi transfer oynasida Angliya premyer-ligasiga yo‘l oladi. Yanvar oyida nigeriyalik futbolchi «Napoli»ni tark etib, faoliyatida yangi bosqichga chiqishiga shama qilgan edi. Osimxen uchun kurashda «Arsenal» «Chelsi»dan oldinda.

Qayd etilishicha, 25 yoshli futbolchi «pensionerlar» lageriga emas, «kanonirlar» safiga o‘tishni afzal ko‘radi. Aytish joizki, “Arsenal” hozirda APL turnir jadvalida birinchi, “Chelsi” esa o‘n birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Viktor Osimxenni 110 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter