Pavlovich Germaniya terma jamoasiga qilingan chaqiruvga javob qaytardi
«Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich Germaniya terma jamoasiga ilk chaqiruvi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Germaniya terma jamoasiga chaqirilganimdan juda xursandman. Mening rejam bu yilgi yevrodan keyin Germaniya va Serbiya o‘rtasida tanlov qilish edi, biroq men tezda qaror qabul qilishim kerak edi», – deydi Pavlovich.
Yarim himoyachi Serbiyadan minnatdor ekanligini va uning tanlovi Serbiyaga qarshi emas, balki Germaniya foydasiga bo‘lganini, chunki u butun faoliyatini Myunxenda o‘tkazganini ta’kidladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/