«Arsenal» o‘z futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Tez orada «Arsenal» Uayt bilan yangi shartnoma imzolaydi

«Arsenal» himoyachisi Ben Uayt klub bilan yangi shartnoma imzolaydi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Bu tez orada sodir bo‘ladi. Yangi shartnoma muddati qancha bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Uayt «Arsenal»da 2021 yilning yozidan beri o‘ynamoqda, o‘shanda u «Brayton»dan 58,5 million yevro evaziga sotib olingan. Joriy mavsumda Ben 38 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter