Dzyudochilarimizning keyingi manzili – Tbilisi
22-24 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turniri bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 79 mamlakatidan 472 nafar sportchi ishtirok etishi kutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi.
Qayd etish joiz, ushbu turnirda ham o‘z vazn toifasida g‘alaba qozongan sportchi jahon va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari reytingi uchun 1000 ochkoga ega bo‘ladi. O‘zbekiston dzyudo federasiyasining ma’lum qilishicha, hamyurtlarimiz Gruziyaga quyidagi tarkibda yo‘l oladi:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Nurbek Murtozoyev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Manba: olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/