«Tehron derbisi»da tojikistonlik hakam ishlaydi

Jaloliddin Masharipov va Oston Urunov o‘rtasidagi «Tehron derbisi»da ishlashi kutilgan ayol hakamlardan biri tojikistonlik hakam bilan almashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahnaz Zakaining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan «Persepolis» klubini qo‘llab-quvvatlovchi surat topilgan. Shu munosabat bilan, «Tehron derbisi»da Zakai o‘rniga Sa’dullo Gulmurodi VAR hakami sifatida ishlaydi.

«Tehron derbisi» bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi. Peshqadam «Istiqlol» va 2-o‘rindagi «Persepolis» orasidagi farq 3 ochkoni tashkil etadi.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter