YECHL. «Barselona» – «Napoli» bahsida ishtirok etmaydigan futbolchilar ro‘yxati

Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Barselona» – «Napoli» javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bahsda «ko‘k-anorranglilar» safida Alexandro Balde, Gavi, Frenki de Yong, Pedri, Ferran Torres ishtirok etmaydi, shuningdek Markos Alonso ham uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.

«Napoli»da yo‘qotishlar yo‘q. Faqatgina Pyotr Zelinski YECHL qaydnomasidan chiqarib tashlangani sabab bahsda qatnasha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasidagi ilk bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter