«Chelsi» ispaniyalik murabbiyga taklif bilan chiqdi

Maurisio Pochettino «Chelsi»ni yuqori saviyaga qaytara olmayapti, shu bois klub yangi murabbiy almashish haqida o‘ylamoqda. AS xabariga ko‘ra, London klubi joriy mavsumda «Jirona» butun Yevropa futbol olamini lol qoldirayotgan Mishel bilan aloqada bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» vakillari Ispaniyada Mishel bilan uchrashuv o‘tkazgan, shundan so‘ng ular mutaxassisga taklif yuborishgan. Biroq Mishel London klubiga o‘tishdan manfaatdor emas.

«Jirona» ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Chelsi» esa o‘z navbatida APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter