“Bavariya”ning Mourinyo bo‘yicha rejasi ma’lum bo‘ldi

Myunxenning “Bavariya” klubi avvalroq jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilgan Joze Mourinyo haqida qaror qabul qildi.

Insayder Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, «qizil mashina» portugaliyalik mutaxassisni taklif qilmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Mourinyo Italiyaning “Roma” klubidan haydalgan edi. Portugaliyalik iste’foga chiqqan paytda jamoa A seriyada to‘qqizinchi o‘rinda edi.

Hozir Daniele de Rossi boshchiligidagi «bo‘rilar» chempionatda beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter