“Real” 70 millionni havoga sovurmoqchi emas

Madridning “Real” klubi yozda “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis uchun katta mablag‘ sarflamoqchi emas.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» kanadalik uchun zarur bo‘lgan 60-70 million yevroni to‘lamasligini aniq aytgan.

«Real» Devisning yozda «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga bor-yo‘g‘i bir yil qolganini tushunadi.

«Qirollik klubi» futbolchining «Santyago Bernabeu»ga o‘tish istagini inobatga olib, «Bavariya» himoyachini sotishda chegirma qilishi kerak, deb hisoblamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter