Lisenzion turnir. Kecha barcha bokschilarimiz g‘alabaga erishdi

Italiyadagi lisenzion turnir doirasida kecha 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

-57 kg vaznda bahs olib boradigan bokschimiz Sitora Turdibekova, finlyandiyalik Vilma Vitanenga qarshi bahs olib borishi kerak edi, ammo raqibasining jangdan bosh tortganligi sababli keyingi bosqich Sitoraga nasib etdi.

-71 kg vaznda ringga ko‘tarilgan vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, germaniyalik Magomed Shaxidovga qarshi bahs olib bordi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra 4:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

-92 kg vaznda ringga ko‘tarilgan bokschimiz Lazizbek Mullojonov, litvalik Darius Voisnarovichga qarshi bahs olib bordi va raqibini 2 raunddayoq nokautga uchratdi.

Vakillarimiz ishtirokidagi so‘ngi bahsda -63,5 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Ruslan Abdullayev, Puerto-Riko vakili Xose Adriyel Diaz Rodrigesni 5:0 hisobida taslim etdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

7 mart kuni jang qilgan o‘zbekstonlik bokschilar:

-57 kg. Sitora Turdibekova – Vilma Vitanen (Finlyandiya) — raqib jangdan bosh tortdi

-71 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Magomed Elim Shaxidov (Germaniya) — 4:1.

– 92 kg. Lazizbek Mullojonov – Darius Voisnarovich (Litva) — ikkinchi raundda nokaut

-63.5 kg. Ruslan Abdullayev – Xose Adriyel Dias Rodriges (Puerto-Riko) — 5:0.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter