Bellingem: «Real» eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmadi»
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem YECHL 1/8 finalida “RB Leypsig”ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
“Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqiblar o‘yin boshidanoq bosim o‘tkaza boshlashdi. «Real» o‘zining eng zo‘r futbolini ko‘rsatmadi, lekin hammasi yaxshi bo‘lmaganda ham g‘alaba qozona olish muhim. Biz bu o‘yindan saboq olamiz. Jamoa o‘yindan qoniqmayapti, ammo chorak finalga chiqqanidan xursand», – dedi ingliz futbolchisi.
Umumiy hisobda madridliklar nemislarni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Musobaqaning chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/