“Real” uchun nemis klublari qulay raqibga aylangan

Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida “RB Leypsig” bilan o‘z maydonida 1:1 hisobida durang o‘ynadi va birinchi o‘yindagi 1:0 hisobida mehmondagi g‘alaba evaziga chorak finalga yo‘l oldi.

Bu “Real Madrid”ning nemis klublariga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi ketma-ket sakkizinchi o‘yinidir. Bungacha “Los-Blankos” “Bavariya”ni uch marta mag‘lub etgan (2013/2014-yilgi mavsumda 1:0, 4:0; 2016/2017-yilgi mavsumda 2:1, 4:2; 2017/2018-yilgi mavsumda 2:1, 2:2).

Ikki marta «Shalke» (2013/2014 mavsumda 6:1, 3:1; 2014/2015 mavsumda 2:0, 3:4), shuningdek, «Borussiya Dortmund» (0:3, 2:0 – 2013/2014 yilgi mavsum) va «Volfsburg» (2015/2016 yilgi mavsumda 0:2, 3:0) bilan bahslar bo‘lib o‘tgan.

«Real Madrid» Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi so‘nggi mag‘lubiyatini Germaniyaning «Borussiya Dortmund» klubidan 2012/2013 yilgi mavsumning yarim finalida qabul qilib olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter