Karrager «Sheffild Yunayted»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yinini tanqid qildi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Jeymi Karrager «Sheffild Yunayted»ning «Arsenal»ga qarshi (0:6) Angliya Premyer-ligasining 27-turidagi o‘yinini qattiq tanqid qildi.

«Menimcha, bu uyat. Agar maydon markazidagi jamoalarning o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsak, unda faqat bitta jamoa bor edi. Bu hayratlanarli. «Sheffild»ning o‘yinini men ko‘rgan eng yomoni deb aytgan bo‘lardim. Bundan yomonroq narsa xayolimga kelmaydi» – dedi Karrager Daily Mail bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval, 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Arsenal» birinchi bo‘limda «Sheffild» darvozasiga beshta gol urgan edi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Mikel Arteta shogirdlari yana bitta gol urishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter