Xvicha yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

«Napoli» vingeri Xvicha Kvarasxeliyaning vakillari neapolliklar klubi rahbariyati bilan gruziyalik futbolchi bilan shartnomani 2029-yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kvarasxeliyaning yangi mehnat shartnomasi uning maoshini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutadi.

Avvalroq OAVda 23 yoshli futbolchiga «PSJ» qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter