Pochettino: «G‘alabaga loyiq edik»
«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, uning jamoasi «Brentford» bilan uchrashuvda (2:2) uch ochko olishi kerak edi.
Birinchi bo‘limda “ko‘klar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda mezbonlar 50 va 69-daqiqalarda gol urishdi.
Pochettino shogirdlari yakunda Aksel Disasining goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
“Birinchi bo‘limda biz juda yaxshi o‘ynadik. Biz o‘yinni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik va darvozamiz oldida ko‘p narsaga yo‘l qo‘ymadik.
Ikkinchi bo‘limda «Brentford» to‘g‘ri o‘ynay boshladi va bizda muammolar paydo bo‘la boshladi. Bu qiyin bo‘ldi, lekin xarakter ko‘rsatdik.
Bu mahoratni rivojlantirish biz uchun muhim. Uch ochkoni ololmaganimizdan xafaman, chunki biz bunga loyiq edik.
Jamoa olti kun ichida uchta o‘yin o‘tkazdi, men o‘yinchilar bilan faxrlanaman”, dedi Pochettino BBC bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/