Qozog‘iston chempionatining yangi mavsumida 13 ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi

Qozog‘istonning joriy mavsumidagi chempionatida 13 ta klub ishtirok etadi, deb xabar bermoqda liga matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Maktaaral» minimal lisenziyalash talablariga rioya qilmagani uchun ishtirok etishdan chetlatilgan edi.

Natijada o‘tgan mavsum yakunida 14-o‘rinni egallagan «Aqsu» tezlashtirilgan lisenziyalash jarayonidan o‘tdi. Shuningdek, klubdan 1 aprelgacha lisenziyalash qoidalarida ko‘rsatilgan barcha tartib-qoidalarni muvofiqlashtirish so‘ralgan. Biroq bir kun avval klub rahbariyati QFLni moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turnirda ishtirok etishdan bosh tortayotgani haqida xabardor qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter