«Yuventus» sobiq prezidenti: «Pogbaning jamoaga qaytishining o‘zi xato edi»
«Yuventus»ning sobiq prezidenti Jovanni Kobolli turinliklar yarim himoyachisi Pol Pogbaning diskvalifikasiyasiga munosabat bildirdi.
29 fevral kuni 30 yoshli fransuz antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikasiya qilingani ma’lum bo‘ldi.
“Haqiqiy xato uni ortga qaytarish edi. O‘shanda u yuqori saviyada o‘ynamay qolgandi. U tiklanish timsoli sifatida qaytarildi, ammo raqamlar o‘zi haqida gapiradi», – deya Kobolli so‘zlarini keltiradi Correira Dello Sport.
Pogba 2022 yilda «Manchester Yunayted»dan «Yuventus»ga qaytgan edi. O‘shandan beri u turinliklar safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/