“YUventus” yarim himoyachisi bir shart evaziga shartnomani uzaytirishi mumkin

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo kelasi mavsumda bir shart bilan “Keksa sinyora”da qolishi mumkin.

Il Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachi sardorlik bog‘ichini olsa, yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Shartnomani uzaytirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri sardorning roliga bog‘liq emas, lekin taklif qilingan sardorlik bog‘ichi futbolchini yangi shartnoma imzolashga undashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Rabyoning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter