Elliot: «O‘yinlar birin-ketin qiyinlashib ketyapti»

Angliya kubogining 1/8 final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Liverpul» ikkinchi ligada ishtirok etayotgan «Sautgempton»ni hech qanday muammosiz mag‘lub etib, uchta javobsiz to‘p kiritdi.

Endi Yurgen Klopp shogirdlari “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. «Qizillar» himoyachisi Xarvi Elliot bo‘lajak jang haqida shunday dedi:

«Manchester Yunayted» ham juda kuchli klub. O‘yinlar birin-ketin qiyinlashib ketyapti. Hozir biz «Manchester» bilan o‘yin haqida o‘ylamayapmiz, oldinda boshqa muhim o‘yinlar bor. Har bir o‘yin muhim», – deya Xarvi Elliottning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter