Onana: «Manchester Yunayted»da o‘ynasang, sendan faqat g‘alaba kutishadi»

Angliya kubogining 1/8 final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turnirning sobiq g‘olibi «Nottingem Forest» «Manchester Yunayted»ga qarshi kurashish uchun ko‘p harakat qildi, ammo yakunda mag‘lub bo‘ldi.

O‘yin natijalarini o‘tgan yozdan beri jamoada to‘p tepayotgan kamerunlik futbolchi, «Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana izohladi.

Uning fikricha, jamoa muhim g‘alabaga erishdi: 

«Muhim o‘yin bo‘ldi va muhim g‘alabaga erishdik. Men baxtliman. Yaxshi ish uchun mukofot oldik. «Manchester Yunayted»da o‘ynasang, ular sendan faqat g‘alaba kutishadi», – deya Onananing so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter