Pochettinoning kelajagi so‘roq ostida

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning kelajagi aniq emas.

HITC xabariga ko‘ra, katta futbol bo‘limi bosh murabbiyni o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda, ammo yakuniy qarorni klub xo‘jayinlari Todd Boeli va Behdad Egbali qabul qiladi.

Manbaning yozishicha, “Chelsi” rahbariyatida murabbiyni almashtirish yaxshiroq, deb hisoblaydiganlar bor.

Biroq, Pochettinoni qo‘llab-quvvatlayotganlar va argentinalikka vaqt berishni talab qilayotganlar ham yetarli.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter