«Arsenal» «Brayton» hujumchisiga ko‘z tikdi

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubi hujumchisiga ko‘z tikdi. Football Insider xabariga ko‘ra, «kanonirlar» yozda «Brayton» hujumchisi Evan Fergyusonni sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

«Arsenal» yozda o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi va 19 yoshli irlandiyalik nomzodlardan biri.

Fergyuson Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida 24 ta o‘yinda 6 ta gol urdi. Avvalroq futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Bavariya» klublari qiziqayotgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter