«Manchester Yunayted» «Sporting» hujumchisi uchun katta pul to‘lashga tayyor

«Manchester Yunayted» markaziy hujumchi qidirmoqda. Angliya klubi portugaliyalik «Sporting» hujumchisi Viktor Dyokereshga ko‘z tikdi, deya xabar beradi 90min.

Qayd etilishicha, “qizil iblislar” 22 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Hujumchining transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Dyokeresh hisobida 32 ta o‘yin, 29 ta gol va 9 ta golli uzatma bor. «Manchester Yunayted» joriy mavsumda 44 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter