Van Deyk: «Final – baribir final»

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk «mersisaydliklar» Angliya liga kubogi finalida Londonning «Chelsi» jamoasini mag‘lub etishiga umid qilmoqda. Bu haqda u o‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Bu klub uchun finalda o‘ynashning o‘zi aql bovar qilmaydigan narsa. Albatta, birinchi navbatda, barchamiz g‘alaba qozonishni xohlaymiz, lekin final – baribir final. Yakuniy o‘yin – bu mavsumdagi birinchi sovrinimizni qo‘lga kiritish imkoniyati, bu bizga mavsumning yakuniy qismiga turtki beradi. Men keyingi o‘yinni intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, biz Liga kubogida g‘alaba qozona olamiz, biz «Uembli»ga aynan shu maqsadda kelganmiz», – dedi van Deyk «Liverpul» rasmiy saytiga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter