«Barselona» Xavi qo‘l ostida yevrokuboklardagi 23 ta o‘yinda 8 marta g‘alaba qozongan

Xavi qo‘l ostidagi «Barselona» yevrokuboklardagi o‘yinlarining 35 foizida g‘alaba qozongan.

Bugun «blaugrana» Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Napoli» bilan durang o‘ynadi (1:1).

Ispaniyalik mutaxassis kataloniyaliklarni 2021 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub Chempionlar ligasida 6 g‘alaba, 3 durang va 6 mag‘lubiyat, Yevropa ligasida esa 2 g‘alaba, 4 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Neapolliklar bilan javob o‘yini 12 martga belgilangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter