London klubini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Dushanba kuni «Kristal Pelas» Roy Xojsonning bosh murabbiylikdan iste’foga chiqqanini e’lon qildi. «Burgutlar»ning yangi ustozi germaniyalik mutaxassis Oliver Glasner bo‘ladi.

Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Glasner seshanba kuni o‘zining birinchi mashg‘ulotini o‘tkazadi. Dushanba oqshomida «Kristal Pelas» Angliya chempionati doirasida «Everton»ga qarshi safarda o‘ynaydi.

«Burgutlar» hozirda Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter