«Man Siti»ning ikki futbolchisi navbatdagi o‘yinda ishtirok etmaydi

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol va hujumchi Jek Grilish «Brentford»ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi.

«Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida shu haqda gapirdi. Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassis qolgan barcha futbolchilar o‘yinda ishtirok etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Angliya Premyer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” – “Brentford” uchrashuvi ertaga, 20 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter