Ten Xag: «Skott bizga boshqa sohalardagi ishlarda yordam berdi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag yarim himoyachi Skott Maktomineyning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta shotlandiyalik futbolchi «Aston Villa» darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasiga APLda 3 ochko keltirgandi.

«Maktominey ajoyib o‘ynamoqda. U juda ko‘p gollar urdi, ammo usiz ham Skott bizga boshqa sohalardagi ishlarda yordam berdi.

Albatta, u «Luton»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin edi», – dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter