Tuxel: «Bizda 4 ta markaziy himoyachi bor»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel barqaror o‘yin amaliyoti yo‘qligi sababli Myunxen klubidagi o‘rnidan norozi bo‘lgan markaziy himoyachi Matteys de Ligt bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

“Bizda 4 ta markaziy himoyachi bor, ularning har biri asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqda. Biz eng yaxshi formada bo‘lganlarni tanlaymiz. «Bavariya»da o‘z o‘rning uchun kurashishing kerak, bu oddiy holat», – deya Tuxel so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq de Ligt kelasi yozda o‘zining sobiq murabbiyi Erik ten Xag bilan «Manchester Yunayted»da uchrashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter