Benites Angliyani boshqarishga tayyor

«Liverpul» va «Chelsi» klublarining sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Angliya terma jamoasini boshqarish istagini bildirdi. Mirror nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Garet Sautgeytning o‘rniga «uch sherlar» murabbiyi bo‘lishga tayyor.

Angliya terma jamoasining amaldagi murabbiyi kelasi yozda bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati yakunida jamoani tark etishi mumkin. Benites hozirda La Liga turnir jadvalida 17-o‘rinda borayotgan Ispaniyaning «Selta» klubini boshqarmoqda.

Jamoa tushib ketish zonasidan atigi 3 ochkoga yuqorida. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana bir nomzod avvalroq «Chelsi» va «Brayton»da ishlagan Grem Potter ekanligi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter