Gvardiola: «Palmerning ketishiga men javobgarman»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugun, 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan jamoalarning o‘zaro o‘yini oldidan «Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerning «shaharliklar»dan ketishi haqida gapirdi.
«Ikki-uch mavsumdan so‘ng u o‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohladi. Men uni to‘liq tushunaman. Agar Palmerda Fil Fodenga boshidan bergan daqiqalarim bo‘lganida, Koul Palmer shu yerda bo‘lardi – lekin men unga hech narsa bermadim. Bu mening javobgarligim. O‘sha paytda men boshqalarni tanladim.
Biz doim yosh futbolchilar qolishini istaymiz, ammo bu normal holat. Bir mavsumdan keyin bu yaxshi, ikkinchi mavsumda, lekin uchinchi mavsumda allaqachon «Yigitlar, men o‘ynashni xohlayman, zaxirada o‘tirishni xohlamayman» – deyishadi. Bu odatiy. Biz buni klub sifatida tushunamiz. Bizga «Chelsi»dek ajoyib top-klubdan taklif tushdi va men u uchun juda xursandman. Bunday holatlar barcha klublarda bo‘ladi.
Biz uning mahoratini bilardik, ammo bu mavsumda uning ta’siri juda katta bo‘ldi. Gap faqat gol va golli uzatmalarda emas, sifatda. U «Chelsi»da aql bovar qilmaydigan darajada o‘ynamoqda», – dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Palmer o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/