Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi va MLSning 1-turida maydonga tushishga tayyor
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi jarohatidan forig‘ bo‘ldi va MLSning 1-turida maydonga tushishga tayyor. Bu haqda klub bosh murabbiyi Xerardo Martino xabar berdi.
Argentinalik futbolchi mavsum oldi tayyorgarlik o‘yinlarida mushagida og‘riq his etgandi. Ammo u «Nyuells Old Boyz» klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushirildi.
«U jarohatidan to‘la forig‘ bo‘ldi. Messini asta-sekin o‘yinlarga qo‘shib boryapmiz. U so‘nggi nazorat bahsida deyarli 60 daqiqa o‘ynadi. 22 fevral kuni bo‘ladigan mavsumning ilk o‘yiniga u tayyor bo‘lishini istaymiz. Leoning bugungi harakatlaridan qoniyish hosil qildim», – dedi Xerardo Martino.
Manba: sports.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/