Belotti A Seriya tarixiga kirdi

Chorshanba oqshomida «Fiorentina» A Seriya doirasida «Bolonya» bilan mehmonda o‘ynadi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Binafsharanglar» uchun hujumchi Andrea Belotti maydonga tushdi. Bu o‘yinning vaqti o‘zgartirilgandi, ya’ni avvalroq bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Italiya chempionatining 21-turi dasturiga kiritilgandi.

Shu tariqa Belotti A Seriya tarixida bir turda ikkita uchrashuvda maydonga tushgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Birinchisi Valentin Eysserik (2019-yilda «Fiorentina» va «Verona» uchun o‘ynagan). Oldinroq 21-turda Belotti «Roma»da «Verona»ga qarshi o‘ynagandi (2:1), keyin esa «Fiorentina»ga ijaraga berilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter