Bugun Misrda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi boshlanadi

Bugundan Misr poytaxti Qohira shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi start oladi.

Dasturga ko‘ra, ushbu kun doirasida atletlar bir qator yo‘nalishlarda saralash bosqichida ishtirok etishadi. Ular orasida o‘zining to‘qqizinchi Olimpiadasi sari harakat qilayotgan Oksana Chusovitina ham bor.

Bugun hamyurtlarimiz quyidagi yo‘nalishlarda kvalifikasiya bosqichida ishtirok etadilar:

Abdulaziz Mirvaliyev – erkin mashq;
Humoyun Islomov – erkin mashq;
Oksana Chusovitina – tayanib sakrash;
Dildora Aripova – tayanib sakrash va turli balandlikdagi to‘sinlar;
Odina Robijonova – turli balandlikdagi to‘sinlar.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter