Braim Dias g‘alaba haqida qanday fikr bildirdi?

Madridning “Real” klubi hujumchisi Braim Dias Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida “Leypsig” ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

«Biz bu qarama-qarshilikda intrigani o‘ldirishimiz mumkin edi, ammo shuni aytishim kerakki, «Leypsig»da ham buni amalga oshirish imkoniyati bo‘ldi. O‘ylaymanki, muxlislar chiroyli futboldan bahramand bo‘lishdi. Mehmonda o‘ynash bizga unchalik qulay emas», – deya Diasning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter