Raum: «Real» oz imkoniyatidan foydalandi»
«Leypsig» himoyachisi David Raum Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi o‘yinida «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz yaxshi o‘ynadik, ammo imkoniyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak edi. Bizda imkoniyatlar yetarli edi va «Real» oz vaziyatidan foydalandi. Vaziyatni o‘zgartirishimiz mumkin, javob o‘yinida yaxshilanishimiz kerak», – deya Raumning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/