La Liga klubi jarimaga tortilishi mumkin

Ispaniyaning “Granada” klubi “Barselona” bilan milliy chempionatning 24-tur uchrashuvidagi (3:3) o‘z futbolchilarining xatti-harakati tufayli jarimaga tortilishi mumkin.

Gap shundaki, jamoa futbolchilari o‘yinga ikki marta kech kirishgan (o‘yin boshlanishidan oldin va tanaffusdan keyin).

Natijada, raqobat qo‘mitasi Granadaga qarshi intizomiy jarima to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.

Klub uch ming yevrogacha pul to‘lashi ehtimoli bor, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvdan keyin “Granada” 13 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 19-pog‘onada bormoqda. “Barselona” 51 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter