«Tottenxem» rahbariyati Postekoglu «Liverpul»ni boshqarmasligiga ishonadi

“Tottenxem” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ange Postekoglu “Liverpul”ni boshqarish uchun jamoani tark etmasligiga ishonch bildirmoqda.

The Telegraph nashrida qayd etilishicha, klub 58 yoshli mutaxassisni «Liverpul» bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri deb atasa-da, uning kelajagi uchun xavfsiramaydi. Yanvar oyi oxirida «Liverpul»ning amaldagi bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qildi.

Postekoglu o‘tgan yozdan beri «Tottenxem»da ishlamoqda. Londonliklar 24-turdan keyin 47 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter