Saka: «Qon hidini sezdik»
Angliya chempionatining yigirma to‘rtinchi turidan o‘rin olgan o‘yinda Londonning “Arsenal” jamoasi “Vest Xem” mehmoni bo‘lib, raqiblar darvozasiga javobsiz oltita gol urdi. London klubi hujumchisi Bukayo Saka o‘yindagi voqealar haqida fikr bildirdi.
«Biz qon hidini sezdik. Birinchi bo‘limda ular to‘rtta gol o‘tkazdi, ammo bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin edi. Klubdagi 50-golimni urganimdan xursandman. Ko‘proq gol urish imkoniyatini qo‘ldan boy berganim achinarli”, — deb Saka so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya chempionatining navbatdagi turida “Arsenal” “Byornli” bilan bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/