Deku: «Barselona»ga tub o‘zgarishlar kerak»

«Barselona» sport direktori Deku klub muammolari haqidagi savolga javob berdi.

24-turdan so‘ng kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real”dan o‘n ochkoga ortda qolishdi.

“Bizga tub o‘zgarishlar kerak. O‘zini tugatgan usul bor. Klub prezidenti Joan Laporta bu borada meni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz o‘tmishga nuqta qo‘yadigan va yangi modelga o‘tadigan odamni topishimiz kerak», – deydi Deku.

Eslatib o‘tamiz, bosh murabbiy Xavi Ernandes mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter