«Bavariya» ham Menyanni kuzatmoqda

Myunxenning “Bavariya” klubi “Milan” darvozaboni Mayk Menyan xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli fransiyalik darvozabonning Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 45 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda fransuz milanliklar safida barcha turnirlarda 27ta o‘yinda qatnashib, to‘qqiz marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 35ta gol ham o‘tkazib yubordi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter