Mbappening ishtahasi karnay!

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real»ga bir qancha shartlarni qo‘ydi.

El Larugero xabariga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi yiliga 50 million yevro maosh va 120 million yevrolik shartnoma bonusi olishni istamoqda. Qayd etilishicha, hozircha Mbappe bunday shartlar bo‘yicha shartnoma borasida kelishib ulgurmagan.

5 fevral kuni El Debate nashri forvard madridliklar klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolashi va soliqlardan keyin yiliga 32 million yevro maosh olishi haqida xabar bergan edi. «Los Blankos» futbolchiga 100 million yevro miqdorida shartnoma imzolaganlik uchun bonus to‘laydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter