35 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi jahon chempionati yozda Angliyada bo‘lib o‘tadi
Bu yil yozda Angliyada 35 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnir EPG kubogi deb nomlanadi.
Turnirda Germaniya, Angliya, Argentina, Braziliya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Urugvay terma jamoalari ishtirok etadi. Jamoa sardorlari Mesut O‘zil, Stiv Makmanaman, Esteban Kambiasso, Emerson, Marko Materassi, Kristian Karembeu, Mishel Salgado va Diyego Lugano bo‘ladi.
Turnirda shartli ravishda Maykl Ouen, Kaka, Ronaldinyo, Rivaldo, Fabio Kannavaro, Kafu, Roberto Karlos, Tyerri Anri va Marsel Desayi ishtirok etadi.
O‘yinlar 11 va 11 formatida o‘tkaziladi, ammo o‘yinlar davomiyligi 90 daqiqadan 70 daqiqagacha qisqartiriladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/