Arteta APL rekordini o‘rnatishi mumkin

4 fevral kuni «Arsenal» o‘z maydonida «Liverpul»ni mag‘lub etdi va chempionlik poygasida «mersisaydliklar» orasidagi farqni ikki ochkoga qisqartirdi.

Agar «Arsenal» bu mavsumda chempion bo‘la olsa, bosh murabbiy Mikel Arteta Premyer-liga tarixida qoladi.

Hozirda Premyer-ligada g‘olib chiqqan eng yosh murabbiy Joze Mourinyo bo‘lib, u 2004/05 yilgi mavsumda «Chelsi» bilan 42 yoshu 94 kunligida g‘alaba qozongan. Arteta 26 mart kuni 42 yoshga to‘ladi va ispaniyalik murabbiy Mourinyoning rekordini yangilash imkoniyatiga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter