Klopp «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan kadrlar holati haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Arsenal»ga qarshi o‘yin boshlanishidan biroz oldin intervyu berdi.

“Bredlining otasi vafot etdi, hozir u oilasi bilan yaqinroq bo‘lgani ma’qul. Bu juda achinarli xabar. Men unga shoshilmaslikni aytdim. Biz vaziyatga baho berdik va uning o‘ynash imkoniyati yo‘q edi.

Nunyes zaxiradami? Biz o‘z kuchimizni qanday ishlatishni tanlaymiz. Darvinning zaxirada bo‘lishi ham yaxshi. Menimcha, bunday o‘yinda mantiqiy bo‘ladi. U o‘yinni o‘zgartira oladi va haqiqiy ta’sir o‘tkaza oladi», – dedi Klopp Sky Sports nashriga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter